Ichimda pinhona yonishim
Tunlardan yashirin nolishim
Dardlarim biladi bolishim
Sevganim sen hamon bilmaysan
Muloyim iboli so’zlaring
Loladek qizargan yuzlaring
Ko’zimga tushsa ham ko’zlaring
Sevganim sen hamon bilmaysan
Bilmaysan, sen hamon bilmaysan — bilmaysan
Sevganimni bilmaysan
Bilmaysan, sen hamon bilmaysan — bilmaysan
Sevganimni bilmaysan
Bilmam ne peshona yozig’im
Kulishing jonga jon ozig’im
Ey dunyo bexabar nozigim
Sevganim sen hamon bilmaysan
Qalbimda armonlar ulg’ayib
Yurakni qon qildi dil mayi
Jilmayib boqarsan jilmayib
Sevganim sen hamon bilmaysan
Bilmaysan, sen hamon bilmaysan — bilmaysan
Sevganimni bilmaysan
Bilmaysan, sen hamon bilmaysan — bilmaysan
Sevganimni bilmaysan
Qo’rqaman sirlarim fosh bo’lib
Oh ursam ko’zlarim yosh bo’lib
Ketarsan sen bag’ri tosh bo’lib
Sevganim sen hamon bilmaysan
Ey zebo avf etgin shumligim
Ayonmas sen uchun kimligim
Bariga javobdir jimligim
Sevganim sen hamon bilmaysan
Bilmaysan, sen hamon bilmaysan — bilmaysan
Sevganimni bilmaysan
Bilmaysan, sen hamon bilmaysan — bilmaysan
Sevganimni bilmaysan



Скачать mp3
Yodgor Mirzajonov — Musavvir
Jaloliddin Ahmadaliyev — Sog’inmadingmi
Aziza Nizamova — Ikkinchisiman
Begzod Xamidov — Malagim
Sodirxon Nosiraliyev — Jana
Diyora Jafari — Ishqi man
Jasmin — Kutaman
Otush — Yuragim sendami
Shahzod Qayumov — Otaga tik boqma
Doniyor Bekturdiyev — Parizod